“Sherif” futbolchilari maydonda mushtlashdi

  • 3 oktabr, 2021, 19:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Moldova chempionatining navbatdagi turida Chempionlar ligasi qahramonlari – “Sherif” futbolchilari milliy chempionatdagi asosiy raqobatchilaridan biri – “Milsami” futbolchilari bilan kuch sinashdi.

Tecno

Muhim uchrashuvda tiraspollik futbolchilar kichik hisobda g‘alaba qozondi. Bu mezbonlarning chempionatdagi birinchi mag‘lubiyati bo‘ldi.

Bellashuvning ikkinchi bo‘limida maydonda mojaro yuz berdi. “Milsami” o‘yinchisi Igor Lambarskiy “Sherif” legioneri Emond Addoning oyog‘iga atayin tepdi. Orqadan berilgan zarbaga chiday olmagan afrikalik futbolchi raqibining yuziga musht tushirdi.

Shundan so‘ng, janjalga boshqa o‘yinchilar ham qo‘shilib ketdi. Tiraspolliklar bosh murabbiyi Yuriy Vernidub shogirdlarini ajratish uchun maydonga chiqishga majbur bo‘ldi. Uchrashuv hakami

Raqibini urgan Addoga qizil kartochka ko‘rsatdi. Lambarskiy esa sariq bilan jazolandi. “Sherif” futbolchilar hakamning qarori adolatsiz bo‘lganini iddao qilmoqda. Ularning fikricha, janjal sababchisi bo‘lgan mezbonlar o‘yinchisiga ham qizil kartochka ko‘rsatilishi  kerak edi.

“Sherif”dagi hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev jarohati tufayli o‘yinda ishtirok etmadi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
03/10/2021 20:36
Ширифга омад. Жасур олға бос