Sherzod Temirov 90-daqiqa harakat qilgan bahsda "Persepolis" safarda durang o‘ynadi

Eron chempionati 24-turidan o‘rin olgan "Xavadar" - "Persepolis" o‘yini yakunlandi. Unda jamoalar 0:0 hisobidagi nursiz durangga imzo chekdi.

"Persepolis" safida to‘p tepadigan hamyurtimiz Sherzod Temirov uchrashuvda to‘liq 90-daqiqa harakat qildi. 

Shu tariqa, "Persepolis"ning ochkolari soni 50 taga etdi. Jamoa ayni payt jadvalda 2-pog‘onadan joy egallagan.

"Xavadar" hisobida 28 ochko mavjud. Klub hozirda 11-o‘rinda ketmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!