Shirer davridagi eski "Nyukasl" qaytmoqda

  • 4 yanvar, 2023, 13:12
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Nyukasl" Angliya chempionatining 19-turidan o‘rin olgan "Arsenal"ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatga uchramadi. Bahsda "kanonirlar" ustunlik qilgan bo‘lsada, Eddi Xau shogirdlari bir amallab 0:0 hisobini ushlab qoldi.

Tecno

Bu bilan "Nyukasl" barcha turnirlar doirasidagi mag‘lubiyatsiz seriyani ketma-ket o‘n beshta o‘yinga etkazib oldi. Bu davrda ular to‘qqizta o‘yinda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lishdi, oltita bahs durang bilan yakunlangan.

Ma’lumot uchun, 1995 yilning dekabridan beri jamoada bunday uzoq davom etgan mag‘lubiyatsiz seriya kuzatilmagan edi. Yigirmanchi turda "Nyukasl" o‘z uyida "Fulxem" bilan bahs olib boradi, bu uchrashuv o‘n beshinchi yanvarda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!