Shodiyorjon Meliqo‘ziev ham chorak finalda!

  • 08.12.2025 22:28
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida erkaklar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning to‘rtinchi kunidan 7 nafar vakilimizning janglari o‘rin olgandi.

Bokschimiz Shodiyorjon Meliqo‘ziev -48 kg vaznda, Qirg‘iz Respublikasi vakili Anvarjon Xodjievni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir charm qo‘lqop ustamiz Abdumalik Xalokov va Enrike Kakulov (Ispaniya) o‘rtasidagi bahs kutmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!