Shohasan Mirzamatovning raqibi ma’lum
Taniqli MMA jangchimiz Shohasan Mirzamatov Qozog‘istonning "Oktagon" promoushenida o‘z janglarini o‘tkazayotgan edi.
U "Oktagon 20" turnirida 16 iyun kuni mezbonlar vakili Alibek Seyidazimga qarshi o‘tkazib, muddatidan avval raqibini texnik nokautga uchratgandi. Oradan roppa-rosa bir oy vaqt o‘tib, 16 iyul kuni Almati shahrida tashkil qilinadigan "Oktagon 21" turnirida yana jang qiladigan bo‘ldi. Bu safar sportchimizga qarshi yana bir qozog‘istonlik jangchi Ilyas Sadikov raqiblik qiladi.

Ma’lumot uchun, hamyurtimiz 2-1 ko‘rsatkichga ega. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!

Fikrlar