Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Shohjahon Ergashevning raqibi o‘zgardi

Izohlar: 0

Shohjahon Ergashevning raqibi va jang sanasi o‘zgardi.

Avvalgi xabarga ko‘ra, super engil vaznda (63.5 kg) hamyurtimiz Shohjahon Ergashev (17-0 15 KOs) o‘zining navbatdagi jangini 10 yanvar kuni AQShda Kit Hanter (11-0) ga qarshi WBA Eliminator maqomli jangida ringga chiqishi kerak edi. Ammo uning raqibi va jang sanasi kutilmaganda o‘zgardi. U 17 yanvar kuni Andrian Estrella (29-4) ga qarshi 10 raundlik reyting jangida ringga chiqishi kutilmoqda.

Sports.uz manbalarining xabar qilishicha, jangni Kit Hanter tarafi bekor qilgan. Mashg‘ulot vaqtida Hanterning o‘ng qo‘lidan olgan jarohati jangning noma’lum muddatga qoldirilishiga sabab bo‘lgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q