
Shomurodov Dibala bilan bir jamoada o‘ynashi mumkin
«Yuventus»ning sobiq futbolchisi Paulo Dibalaning kelajagi noma’lumligicha qolmoqda.
La Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha, Dibala va «Inter» 4 yillik shartnoma borasida kelishib olgan bo‘lsa ham milanliklar argentinalik futbolchini hali qo‘lga kirita olmaydi. Romelu Lukaku ijarada bo‘lganida, Dibala faqat Aleksis Sanches va Edin Jeko yoki Xoakin Korrea ketgan taqdirdagina «Inter»ga kelishi mumkin. Ayni damda Jeko va Korrea «Inter»ni tark etishni istamayapti.
Dibala bu vaziyatdan xabardor - unga boshqa klubdan yaxshi taklif tushsa, uni qabul qilishi mumkin. Biroq ayni damda faqat «Inter»dan taklif bor xolos.
Dibalaga qiziqish bildirishi mumkin bo‘lgan Italiyaning boshqa klublari vaziyat haqida ma’lumot yig‘ish bilan cheklanishdi. Ular «Inter»dan yaxshiroq taklif berishga tayyor emas.
"Milan" Pauloga taklif qilishi mumkin bo‘lgan maksimal maosh 4-4,5 million evroni tashkil etadi. Futbolchiga «Roma», «Napoli», «Atletiko» va «Manchester Yunayted» ham qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar