Shomurodov Evropa chempioni bilan bir jamoada o‘ynaydi

  • 15 iyul, 2021, 10:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya terma jamoasi safida Evropa chempionligini qo‘lga kiritgan tajribali darvozabon Salvatore Sirigu “Jenoa”ga o‘tishga hozirlik ko‘rmoqda.

Tecno

Taniqli insayder Janluka Di Martsioning dalolat berishicha, 34 yoshli darvozabon yozgi transferlar vaqtida Genuyaga ko‘chib o‘tishga qaror qilgan. Bu Siriguning hozirgi  jamoasi – “Torino” uning xizmatlariga ehtiyoj sezmayotgani bilan bog‘liq.

Ayni paytda tajribali posbon va genuyaliklar o‘rtasidagi muzokaralar ijobiy yakunlanish arafasida turibdi.

Sirigu “Torino”ga kelgunga qadar “Palermo”, “Kremoneze”, “Ankona”, PSJ, “Sevilya”, “Osasuna” darvozalarini qo‘riqlagan. 

2010 yildan Italiya terma jamoasi darvozaboni hisoblanadi va mamlakati bosh jamoasi tarkibida 27 ta uchrashuvda qatnashib, 18 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!