Shomurodov uchun zo‘r imkoniyat. Yoxud Jeko "Roma"dan ketmoqda

  • 8 avgust, 2021, 19:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” hujumchisi Edin Jeko “Inter”ga o‘tishga juda yaqin turibdi.

Tecno

Italiyalik jurnalist-insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, 35 yoshli bosniyalik futbolchi “neradzurrilar” bilan 2 yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Inter” belgiyalik hujumchi Romelu Lukakuni 115 mln evro evaziga “Chelsi”ga sotishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Jeko o‘tgan mavsum “Roma” safida A Seriyada 27 ta o‘yinda maydonga tushdi va 10 ta gol urishga erishdi.

Jekoning “Roma”dan ketishi yaqinda jamoaga kelib qo‘shilgan hamyurtimiz Eldor Shomurodovga asosiy tarkibdan joy olish uchun yaxshi imkoniyat bo‘lishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
08/08/2021 20:45
Кетмаса ҳам элдор барибир уни Захирада миҳлар эди. Оҳирида Горан Пандиевдек нервичит қилиб юрарди... кетгани ўзига фойда Жекони.
&
cr7 lm10 $$ss
08/08/2021 19:54
Olg'a ELDOR
&
Лучше Насаф
08/08/2021 20:19
yoʻqol qariya
&
Турсун Ғани
08/08/2021 20:47
Бир куни сиз ҳам қарийсиз. Йўқол қария диейшмасин яна.