Asosiy mazmunga oʻtish
Shomurodov va Fayzullaevning samarali harakatlari “Bashakshehir”ga g‘alaba keltirdi

Shomurodov va Fayzullaevning samarali harakatlari “Bashakshehir”ga g‘alaba keltirdi

  • 0
  • Futbol

Turkiya Superligasining 34-turidan o‘rin olgan navbatdagi bellashuv o‘z nihoyasiga yetdi.

“Istanbul Boshakshehir” safarda “Gaziantep”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Dastlab, 6-daqiqada Abbosbek Fayzullaevning uzatmasidan so‘ng Davi Zelke hisobni ochgan bo‘lsa, 22-daqiqada Eldor Shomurodov penalti­ni aniq amalga oshirib, oradagi farqni ikkita­ga oshirdi.

Mezbonlar futbolchisi Kristofer Lungoy 59-daqiqada hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Qolgan vaqt davomida boshqa gol kiritilmadi.

Shu tariqa, Nuri Shahin shogirdlari o‘z ochkolari sonini 57 taga yetkazib, turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q