Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Shomurodovning jamoadoshi Messining izidan bormoqda

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Natija yomon emas

Italiya chempionatining 36-turida Eldor Shomurodovning “Spetsiya”ni kuchli raqib – “Milan”ni 2:0 hisobida mag‘lub etib, yuqori divizionda qolish uchun kurashni davom ettirish  imkoniyatini saqlab qoldi.

Milanliklar darvozasiga ikkinchi to‘pni kiritgan Salvatore Espozito tarixiy natija qayd etdi. Yosh futbolchi jarima zarbasini qoyilmaqom ijro etdi.

Opta ekspertlarining ta’kidlashicha, Espozito kuchli beshlik chempionatlarida oxirigi to‘rt mavsumda jarima nuqtasidan gol urish bo‘yicha faqatgina Jeyms Uord-Prouz va Lionel Messidan ortda qolmoqda.

Salvatore bu davr mobaynida o‘z hisobiga jarimadan kiritilgan sakkizta golni yozdirib qo‘ygan. Uord-Prouz hisobida 13 ta, Lionel Messida esa 10 ta ana shunday gol bor.

“Milan”ga qarshi o‘yinda Eldor Shomurodov zaxirada qoldirildi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q