
Shomurodovning sobiq jamoadoshi faoliyatini yakunladi
"Utrext," PSV, "Roma," "Marsel" va Niderlandiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Kevin Strotman professional futbolchilik faoliyatini yakunladi. Bu haqda Strotmanning o‘zi ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
"Faoliyatim nihoyasiga etdi. Rahmat, futbol!" - deya yozdi Kevin.
Ma’lumot uchun, futbolchi 34 yoshda. Uning faoliyatidagi so‘nggi klubi Italiyaning "Jenoa" jamoasi bo‘lib, yarim himoyachi jamoani yozda tark etgan edi.
Fikrlar