Shomurodovning super reydi evaziga urilgan gol "Latsio"ga qarshi o‘ynagan "Jenoa"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi (video)

  • 3 yanvar, 2021, 22:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A Seriyasining 15-turida hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p suradigan “Jenoa” o‘z maydonida “Latsio”ni qabul qildi.

Tecno

Ushbu o‘yinda kuchlar teng keldi – 1:1. Biz uchun ahamiyatlisi, genuyaliklarni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan golga Eldor Shomurodov assistentlik qildi. O‘zbekistonlik futbolchi 46-daqiqada Marko Pyatsa o‘rniga zaxiradan o‘yinga qo‘shildi va 58-daqiqada qarshi hujumda ajoyib reydni amalga oshirdi hamda jamoadoshi Mattia Destroga to‘pni aniq oshirdi. Destro esa “Latsio” darvozasini aniq nishonga oldi. Rimliklarning golini Chiro Immobile (15') kiritdi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!