
Shomurodovning to‘rt jamoadoshi safga qaytdi
“Jenoa” klubida umumiy hisobda 22 kishi, ulardan 17 nafari koronavirus bilan kasallangan edi. Endi sog‘aygan futbolchilar birin-ketin safga qaytmoqda.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, yana to‘rt nafar o‘yinchi koronavirusdan davolandi. Velon Bexrami, David Biraski, Filippo Melegoni va Lasse Shone kabi futbolchilarning ketma-ket ikkita testi manfiy natija berdi.
Ayni paytda “Jenoa” asosiy tarkibi 19 oktyabr kuni “Verenoa”ga qarshi o‘tkaziladigan safar uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Jamoaning yangi hujumchisi Eldor Shomurodov ham genuyaliklar tarkibida mashg‘ulotlarni boshlab yubordi.
Fikrlar