Shon O'Melli Merab Dvalishvili haqida nimalar dedi?
Ahmadbek Eshmatov
Taniqli MMA ustasi o‘ta engil vazn toifasidagi jangchi haqida gapirdi.
Taniqli UFC jangchisi Shon O'Melli o‘ta engil vazn toifasida amaldagi chempion Merab Dvalishvili haqida gapirdi.
"Merab bilan revanshda oldingisiga qaraganda yaxshiroq kurashdim, deb o‘ylayman. Biroq natija men kutgandek bo‘lmadi... Gruziyalik juda kuchli yigit. U mazkur divizion tarixidagi eng buyuk jangchi" - dedi UFC sobiq chempioni.
Eslatib o‘tamiz, "UFC 315" turnirida O'Melli uchinchi raundda Dvalishvilidan sabmishn evaziga mag‘lub bo‘lgandi.
Izohlar (0)