
"Sho‘rtan" uch nafar yangi o‘yinchi bilan tarkibini kuchaytirdi
"Sho‘rtan" yozgi transfer doirasida tarkibni kuchaytirish maqsadida bir qator futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib oldi.
Birinchi davrada Superliga ishtirokchisi sanalgan Termizning "Surxon" jamoasi tarkibida to‘p surgan Nuriddin Hasanov g‘uzorliklar safiga kelib qo‘shildi. Tajribali chap qanot yarim himoyachisi "Sho‘rtan" bilan mavsum oxirigacha birga bo‘ladi.
Birinchi davrani Xorazmning "Xorazm" tarkibida o‘tkazgan tajribali himoyachi Sheroz Jalolov ham "Oq bo‘rilar" safiga qo‘shildi. 25 yoshli himoyachi ham "Sho‘rtan" bilan mavsum so‘nggiga qadar birga bo‘ladi.
"Lokomotiv" futbol klubi tarbiyalanuvchisi, o‘tgan mavsumda Qo‘qonning "Qo‘qon-1912" jamoasida harakat qilgan tajribali darvozabon Rustam Nartadjiev ham mavsum yakuniga qadar "Sho‘rtan" yordam beradi.
"Sho‘rtan" matbuot xizmati.
Fikrlar