Shoshilg‘anlar 46 million yevro to‘lasin
“Kristal Pэlas” sardori va markaziy himoyachisi Mark Gexining klub bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida o‘z nihoyasiga yetadi va u erkin agent maqomida istalgan klub ixtiyoriga qo‘shilishi mumkin.
Biroq yozda o‘yinchi uchun kurash kuchayib ketishini inobatga olgan grand klublar transfer masalasini yanvarda hal qilmoqchi.
“Kristal Pэlas” qimmatbaho himoyachini bepul qo‘ldan chiqarmaslik uchun uni qishki transferlar davrida sotib yuborib, pul ishlab olish variantini ma’qul ko‘rmoqda. Shu bois, klub rahbariyati yanvarda Gexini xarid qilmoqchi bo‘lgan da’vogarlarga transfer narxi 46 million yevro ekanini ma’lum qildi.
Angliyalik himoyachiga hozirning o‘zida “Liverpul”, “Arsenal”, “Manchester Siti”, “Real” va “Barselona”dan jiddiy qiziqish bor. Bu poygada “shaharliklar” favorit ekani aytilmoqda.
Mark Gexining o‘zi mavsumni yakunlab, jahon chempionatidan keyin boshqa jamoa tanlamoqchi. Chunki bo‘lajak transfer bepul amalga oshirilishi sababli futbolchining shaxsiy shartnomasi o‘zi uchun foydaliroq tarzda tuziladi.
Fikrlar