
Shukurovning ustoziga terma jamoani berishadimi?
Turkiya Superligasida “Fotih Karagyumryuk” jamoasini boshqarayotgan Andre Pirlo jahon chempionatida muvaffaqiyatsiz qatnashgan Belgiya terma jamoasida faoliyat yuritmoqchi.
Manbalarning ta’kidlashicha, Belgiya futbol federatsiyasi rahbariyati bosh murabbiy lavozimini tark etgan Roberto Martines o‘rniga munosib nomzod qidirmoqda. Shu bois, italiyalik mutaxassis ularga o‘z xizmatini taklif qildi.
Mutaxassislar Pirlo qo‘llayotgan usul Belgiya terma jamoasiga mos tushmasligini ta’kidlamoqda.
Yana bir nomzod Teri Anri hisoblanadi. Belgiya terma jamoasi etakchilaridan Tobi Alderveyreld va Romelu Lukaku frantsiyalik mutaxassisni kutayotganini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, Andrea Pirlo “Fotih Karagyumryuk” jamoasida hamyurtimiz Otabek Shukurovga ustozlik qiladi. Bu jamoa Turkiya chempionatida 20 ochko bilan o‘yinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar