Asosiy mazmunga oʻtish
Tennis

Sidneyda tennis yulduzlari jam bo‘ldi

Izohlar: 0

Avstraliyaning Sidney shahrida “ATP Apia International Sydney – 2018” hamda “WTA Apia International Sydney – 2018” turniri start oldi.

Erkaklar o‘rtasida o‘tkazilayotgan sovrin jamg‘armasi, 468.910 AQSh dollari bo‘lgan musobaqada italiyalik Paolo Lorentsi mezbon tennischisi Jordan Tompsonni 7:5, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, ukrainalik Aleksandr Dolgopolov  serbiyalik Viktor Troitskini 6:3, 6:7, 7:5 hisobida engdi.

Xotin-qizlar o‘rtasidagi turnirda mukofot puli 733.900 AQSh dollari etib belgilandi. Unda Avstraliya sharafini himoya qilayotgan Ellen Peres frantsiyalik Kristina Mladenovichga qarshi kortga chiqdi. Ushbu bahsda Kristina o‘yinni oxirigacha davom ettirishdan bosh tortdi va mag‘lubiyatini tan oldi.

Sports.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q