Simeone «Atletiko»da Deviddan nimani kutayotganini aytdi
Diego Simeone yangi hujumchi Jonatan Deviddan «Atletiko»ga tez moslashib, «Lill»dagi darajasini ko‘rsatishini kutyapti.
«Atletiko» bosh murabbiyi Diego Simeone jamoaga yaqinda qo‘shilgan hujumchi Jonatan Devid haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Bizga u «Lill» tarkibida ko‘rsatgan o‘yini kerak. U bilan suhbatlashdik, unda jamoamizga yordam bera oladigan sifatlar bor. Eng muhimi, u iloji boricha tezroq moslashib ketishi lozim. Hozir bu jarayon davom etyapti, chunki u jamoaga juda yaqinda qo‘shildi. Ko‘ryapmizki, u ruhlanib turibdi, juda katta ishtiyoq bilan ishlayapti. U maydonda ham o‘zi istagan, ham biz undan kutayotgan o‘yinni ko‘rsata oladi, deb umid qilamiz" – deya Simeonening so‘zlarini keltiradi AS nashri.
Eslatib o‘tamiz, Devid yozgi transfer oynasi yakunlanishi arafasida «Yuventus»dan «Atletiko»ga o‘tdi. U Madrid klubi sharafini ijara asosida himoya qiladi, shu bilan birga, ispan jamoasi hujumchining transfer huquqini to‘liq sotib olish imkoniyatiga ham ega.

Izohlar (0)