Simeone Xamesning "Atletiko"ga o‘tishi mumkinligi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi

  • 24.07.2019 14:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeone "Real" yarim himoyachisi Xames Rodrigesning “matoraschilar” safiga o‘tishi borasida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirib o‘tdi.

“Futbolchilar kelishi, ketishi mumkin. Transfer oynasi yopilgunicha barcha narsa bo‘lishi mumkin. Barchasi tomonlarning o‘zaro kelishuvga erishishiga bog‘liq”, - deydi argentinalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, “Napoli” Xamesning transferidan voz kechgach “Atletiko” bu borada yagona da’vogarga aylandi. Shu bois, uning “matraschilar” safiga o‘tishi haqiqatga yaqinroq.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!