Simona Xalep jiddiy qarshilikka uchradi
Ruminiyalik tennischi Simona Xalep "BNP Paribas Open" musobaqasining uchinchi davra bosqichidan g‘olibona o‘tib oldi.
Simona ushbu davrada ukrainalik Katerina Kozlovaga qarshi o‘yin o‘tdi. Keskin va murosasiz o‘tgan bahsda Xalep raqibini 7:6, 7:5 hisobida taslim qildi.
Endi Indian-Uells shahrida o‘tayotgan musobaqaning to‘rtinchi davrasida Xalep chexiyalik Marketa Vondroushova, yoki latviyalik Elena Ostapenkoga qarshi kuch sinashadi.
Fikrlar