Simona Xalep Londondagi yurishini boshladi
London shahrida o‘tayotgan "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Uimboldon" musobaqasining birinchi davrasida ruminiyalik Simona Xalep g‘alaba qozondi.
Sovrin jamg‘armasi 38 million funt sterlingni tashkil etuvchi mazkur turnirda Simona ilk uchrashuvini belaruslik Aleksandra Sasnovichga qarshi o‘tkazdi.
Simona ushbu o‘yinning dastlabki setini 6:4 hisobida o‘z foydasiga hal etgan bo‘lsa, ikkinchi setda biroz qiyinchilik bilan 7:5 hisobida zafar quchdi.

Fikrlar