Simona Xalep “WTA Shenzhen Open – 2018” g‘olibi
Xitoyning Shenchjen shahrida o‘tkazilgan “WTA Shenzhen Open – 2018” turnirida ruminiyalik Simona Xalep yakkalik bahslarida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Sovrin jamg‘armasi 750.000 AQSh dollari bo‘lgan musobaqaning so‘nggi hal qiluvchi final bahsida Simona Xalep chexiyalik Katerina Sinyakovaga qarshi kortga chiqdi.
Uch set davom etgan uchrashuvda dunyoning birinchi raqamli tennischisi Simona Xalep 6:1, 2:6, 6:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bu g‘alaba ruminiyalik tennischiga WTA reytingining 280 ochkosi bilan birgalikda 163.260 AQSh dollari pul mukofotini olib keldi.



Izohlar (0)