Asosiy mazmunga oʻtish
“Siti” APLning yana bir zo‘r o‘yinchisini oladi

“Siti” APLning yana bir zo‘r o‘yinchisini oladi

“Manchester Siti” yozgi transfer oynasi davrida “Chelsi” yarim himoyachisi Enzo Fernandezni xarid qilish imkoniyatini o‘rganmoqda.

Argentina terma jamoasi futbolchisining “Stemford Brij” egalari bilan shartnomasi 2032 yilgacha amal qiladi. Ammo joriy mavsum oxirida Fernandez jamoasini o‘zgartirishga qarshi emas.

Manchesterliklar joriy mavsum yakunlangach, Bernardu Silva bilan xayrlashadi. Rodrining kelajagi ham mavhum bo‘lib turibdi.

Bu “shaharliklar” yozda  maydon markazini boshqara oladigan yarim himoyachi olishidan dalolat beradi. Yangi xabarlarga ko‘ra, klub  Enzo Fernandezni asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida ko‘rmoqda.

Fernandez Premier-liganing eng kuchli yarim himoyachilaridan biri hisoblanadi va ko‘plab jamoalarda asosiy tarkibdan joy olishi mumkin.

Manchesterliklar yarim himoyachi chizig‘iga Elliot Andersonni mo‘ljallagan edi. Biroq “Nyukasl” klubi xo‘jayini Evangelos Marinakis 125 million funtga baholayotgan “shaharliklar”ni boshqa nomzodlarni qidirishga majbur etmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q