"Siti" autsayder bilan o‘yinda qoqildi, "Fulxem" evrokubok tomon yaqinlashdi (barcha natijalar)

  • 31.12.2022 22:03
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

APL 18-turidan o‘rin olgan bir nechta o‘yin nihoyasiga etdi. Ulardan birida amaldagi chempion "Manchester Siti" o‘z maydonida "Everton" bilan durangga imzo chekdi. Xoland urgan golga Demarey Grey javob qaytardi.

"Fulxem" "Sautgempton"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi, "Kristal Pelas" "Bornmut"ni engdi, 2:0. "Nyukasl" hamda "Lids" jamoalari o‘rtasidagi bellashuvda hisob ochilmadi.

Mazkur bahslardan so‘ng turnir jadvali quyidagicha ko‘rinish olgan.

image_2022-12-31_22-10-06

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!