"Сити"dan ketmasam bo‘lmaydi
Yaxshi takliflar bor
«Manchester Siti» tarkibida to‘p surayotgan himoyachi Rayan Ait-Nuri klubni tark etish niyatida. Bu haqida insayder Sasha Tavolieri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Ait-Nuri bilan bir vaqtning o‘zida ikki jamoa qiziqmoqda. Himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishni «Yuventus» va «Napoli» rejalashtirmoqda. Tomonlar o‘rtasida muzokaralar boshlab yuborilgani aytilmoqda.
Rayan Ait-Nurining «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 35 million yevro atrofida baholamoqda.
Izohlar (0)