“Siti” darvozabonini jiddiy klub oladi
Bu darvozabon talash bo‘lyapti
“Manchester Siti” darvozaboni Jeyms Trafford yozda klubni tark etishi mumkin. “Aston Villa” APL klublari orasida uni transfer qilishga qiziqish bildirgan jamoalardan biri hisoblanadi.
Bu haqida TEAMtalk xabar berdi.
“Manchester Siti”ga yozgi transferlar oynasining oxirgi kunida Janluiji Donnarumma olinganidan keyin Trafford asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotdi.
Ayni paytda u italyalik mashhur posbonning o‘rinbosari hisoblanadi va ko‘pinchi zahirada o‘tirib qolmoqda. Trafford Manchesterga asosiy darvozabon bo‘lish uchun kelgan. Shu bois, u kam o‘yin amaliyoti berilayotganidan norozi va boshqa klubda muntazam maydonga tushishni istamoqda.
Premyer-liga klublari iqtidorli darvozabonga qiziqish bildirgan. Ular orasida “Aston Villa” favoritga aylandi. Shuningdek, unga “Nyukasl Yunayted” ham qiziqmoqda.
2025 yil 29 iyul kuni Trafford “Börnli”dan “Manchester Siti”ga o‘tib, besh yillik shartnoma imzolagan. Hozirgacha Trafford barcha musobaqalarda atigi 12 ta o‘yin o‘tkazgan.
Izohlar (0)