“Siti” himoyachisi “Chelsi” bazasi yonida uy quryapti
“Manchester Siti”ning niderlandiyalik himoyachisi Natan Ake oʻzining sobiq jamoasi “Chelsi”ga qaytishi mumkinligi keng muhokama qilinmoqda.
The Sun nashri maʼlumotiga koʻra, 31 yoshli futbolchi “aristokratlar” mashgʻulot bazasiga yaqin joyda joylashgan hashamatli uyini qayta quryapti.
Bu holat niderlandiyalik futbolchining “Stemford Brij”ga qaytishi haqidagi mish-mishlarni kuchaytirib yubordi.
Himoyachi oʻtgan yilning noyabr oyida 4 million funt sterling qiymatida xususiy mulk sotib olgan edi. Hozir u shu uyni buzib, uning oʻrniga 7 ta yotoqhona, mehmonxona va alohida sovrinlar xonasiga ega boʻlgan yangi hashamatli saroy qurish rejasi ustida ish boshladi.
Eslatib oʻtamiz, Natan Ake 2011 yildan 2017 yilgacha “Chelsi”da oʻynagan. Keyingi uch yilni “Bornmut” oʻtkazganidan keyin “Manchester Siti” uni 45,3 million yevro evaziga oʻz safiga qoʻshib olgan.
Natan Ake keyingi paytda asosiy tarkibga kirishi qiyinlashib qolgani uchun jamoadan ketishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha tuzilgan.

Fikrlar