“Siti” ikki taklifi rad etilgach, supertransferdan voz kechdi
“Manchester Siti” rahbariyati yozgi transferlar oynasi uchun asosiy nishon sifatida belgilangan “Nottingem Forest” yarim himoyachisi Elliot Anderson transferidan voz kechishni ko‘rib chiqmoqda.
Hozirgacha klub ikki marta taklif bergan, ammo har ikki taklif ham rad etilgan.
Ikkinchi taklif umumiy hisobda 120 million funtni tashkil qildi. Shundan 100 million funt kafolatlangan mablag‘ edi. Agar bu transfer amalga oshsa, Angliya futboli uchun yangi rekord bo‘lardi.
Biroq “Forest” xo‘jayini Evangelos Marinakis bu summani yetarli deb hisoblamagan. Oxirgi ma’lumotlarda “o‘rmonchilar” Anderson uchun kamida 130 million funt talab qilishi keltirilgan.
“Siti” prezidenti Haldun Al-Muborak futbolchining narxi bunchalik yuqori emas, deb hisoblaydi va ortiqcha mablag‘ to‘lashni istamaydi.
Daily Mirror xabariga ko‘ra, klub Anderson uchun kurashni to‘xtatib, Sandro Tonali kabi boshqa variantlarga o‘tishi mumkin.

Fikrlar