“Siti” Rodridan voz kechyapti

  • 06.03.2026 17:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” tarkibida “Oltin to‘p” sohibi bo‘lgan Rodrigo Ernandes yozgi transferlar oynasi davrida klubni tark etishi kutilyapti.

Jurnalist Ramon Alvares ma'lumotiga ko‘ra, “shaharliklar” tajribali futbolchining shartnomasi 2027 yilning yozida yakunlanishini hisobga olib, uni 50 million yevroga sotishga tayyor.

Yarim himoyachiga anchadan beri “Real” jiddiy qiziqish bildirib keladi. Rodrigning o‘zi ham “Qirollik klubi”da o‘ynash orzusi borligini bir necha marotaba aytgan edi.

Shunga qaramay, “Real” mutasaddilari transfer bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilishdan avval jahon chempionati vaqtida Rodrigning jismoniy holatini baholaydi.

Rodri 2019 yilda “Atletiko”dan 70 million yevro evaziga “Manchester Siti”ga transfer qilingan edi. Transfermarkt portali Rodrigning bugungi kundagi transfer qiymatini 75 million yevro, deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!