“Siti” va “Chelsi” birgalashib antirekord o‘rnatdi
“Manchester Siti” va “Chelsi” UEFA Chempionlar ligasi 1/8 finalining birinchi oʻyinlarida yirik hisobda magʻlubiyatga uchradi.
OptaJoe maʼlumotiga koʻra, Yevropa chempionlar kubogi / UEFA Chempionlar ligasi tarixida ilk bor bir kunda ikki Angliya klubi uch yoki undan koʻp gol farqi bilan magʻlub boʻldi.
Eslatib oʻtamiz, 1/8 final birinchi oʻyinida PSJ oʻz maydonida “Chelsi” futbolchilarini 5:2 hisobida magʻlub etdi.
“Manchester Siti” esa, oʻz navbatida “Real” mehmoni boʻlib, uchrashuvda 0:3 hisobida qaqshatqich magʻlubiyatga uchradi.
Endi har Angliyaning har ikki klubi 17 martga belgilangan javob uchrashuvlarini oʻz maydonida oʻtkazadi. Bʻolajak oʻyinlarda “Siti” ham “Chelsi” ham uchta goldan iboratni farqni yoʻqqa chiqarishi talab etiladi.
Musobaqa finali Budapesht shahridagi “Pushkash Arena” stadionida boʻlib oʻtadi. Turnirning hal qiluvchi uchrashuvi 2026 yilning 30 may kuniga belgilangan.
Fikrlar