“Siti” yulduziga jahon chempionatidan joy kafolatlanmadi
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel “Manchester Siti”ning hujumkor yarim himoyachisi Filip Fodanning jahon chempionati tarkibidagi o‘rni kafolatlanmaganini ma’lum qildi.
Yaponiyaга qarshi o‘yindan (0:1) keyin nemis murabbiydan Fodanning jahon chempionati tarkibidagi o‘rniga shubha bor-yo‘qligi so‘ralganda, u shunday javob berdi: “Bu uning ishtiroki avtomatik ravishda tasdiqlanganini anglatmaydi”.
Murabbiy ta’kidlashicha, Foden mashg‘ulotlarda “yaxshi” ishtirok etgan, ammo “buni har doim ham o‘yinlarda ko‘rsata olmaydi”.
- Men u bizni hayratga soladi va huddi shunday ishtiyoq va g‘ayrat bilan harakat qiladi, deb o‘ylagandim, ammo hozircha u o‘zini to‘liq namoyon qila olmayapti, - dedi Tomas Tuxel.
Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli Foden terma jamoaning mart oyidagi ikki o‘yinida ham asosiy tarkibda maydonga tushgan yagona futbolchi bo‘ldi.
Mart yig‘inidan so‘ng Tomas Tuxel 2026 yildgi jahon chempionatida ishtirok etadigan 24 nafar futbolchidan iborat ro‘yxatni aniqlaydi.
Fikrlar