“Siti”dan ikki yulduzni olamiz!
Angliya Premier-ligasining oʻrtamiyona jamoalaridan hisoblangan “Everton” yozgi transferlar davrida tarkibini “Manchester Siti” yulduzlari evaziga kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Transfer News Live maʼlumotida yozilishicha, jamoa bosh murabbiy Devid Moyes oʻz jamoasida Jek Grilish va Jon Stounzni koʻrishni istayapti.
Oʻtgan yoz mersisaydliklar Jek Grilishni ijaraga olgan edi. Angliyalik hujumkor futbolchining “Everton”da oʻyini ochilib ketdi. “Everton”da Grilishni 50 million funtga toʻliq transfer qilish imkoniyati bor edi.
Yaqinda Grilish ogʻir jarohat olib, operatsiya stoliga yotdi va joriy mavsum boshqa maydonga tusha olmaydigan boʻldi. Bu holat “Everton”ni xavotirga solayotgani yoʻq va oʻyinchini oʻz tarkibida olib qolmoqchi. Biroq endi, “Everton” Grilishning narxini pasaytirishni talab qiladi.
31 yoshli Jon Stounz esa, Liverpul shahrining ikkinchi klubida bepul tushishi mumkin. Chunki Angliya terma jamoasi markaziy himoyachining “Manchester Siti” bilan shartnomasi 30 iyun kuni tugaydi.
“Shaharliklar” tarkibni yoshartirish siyosatini davom ettirayotgani bois, katta ehtimol bilan Stounzga yangi shartnoma berilmaydi. “Everton”dan tashqari yana bir necha klublar tajribali himoyachini oʻz safida koʻrishni istayotgani haqida xabarlar koʻpayib bormoqda.
Fikrlar