“Siti”dan ketadigan Bernardu Silvaning keyingi jamoasi nomi oydinlashdi

  • 27.02.2026 11:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” sardori va pleymeykeri Bernardu Silva joriy mavsum yakunlangach, klubni tark etishi ehtimoli oshib bormoqda.

Topskills Sports UK nashri ma'lumotiga koʻra, “shaharliklar” portugalialik futbolchi bilan shartnomani uzaytirmaydi, shu bois yozda u erkin agentga aylanadi.

31 yoshli futbolchini “Benfika” oʻz safiga qaytarishga jiddiy qiziqish bildirayotir. “Burgutlar” oʻzlari tarbiyalagan yarim himoyachining vakillari bilan muzokara boshlagani aytilmoqda.

Shuningdek, Bernardu Silva atrofidagi vaziyatni “Barselona”, “Pari Sen-Jermen”, “Yuventus”, “Galatasaroy” va Saudiya Arabistoni klublari ham kuzatmoqda.

Bernardu Silva 2017 yilda “Monako”dan “Manchester Siti”ga 50 million yevro evaziga koʻchib oʻtgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!