“Siti”ga o‘tishni istamayman!

  • 05.07.2026 13:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Taniqli jurnalist Mario Kortegana “Real”ning frantsiyalik legioneri Eduardu Kamavinganing kelajagi haqida ma'lumot berdi. Tajribali yarim himoyachining Madrid klubidagi kelajagi mavhum bo‘lib turibdi.

Uni bir necha grand klublar so‘ragan. “Qirollik klubi” mutasaddilari Kamavinganing xizmatlarini “Manchester Siti”ga taklif qilgan va tomonlar bu borada muzokara boshlagan edi.

- Men klubdagi manbalardan Kamavinga va “Manchester Siti” haqida so‘radim. Ular yana bir bor Kamavinga “Real”da qolishni xohlashini aytdi.

Klub Xose Mourinoning yana bir yarim himoyachi olish fikriga qo‘shiladi. Lekin avval kimnidir sotish kerak.

Muammo shundaki, hozirgi futbolchilardan hech biri ketishni istamayapti, - dedi Mario Kortegana.

Kamavinga 2021 yili “Renn”dan 31 million yevro evaziga “Real”ga transfer qilingan edi. Eduardu 2025/26 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 43 marotaba maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!