“Siti”ga yangi himoyachi keladi
Yevropaning ikki grandi – “Manchester Siti” va “Bavariya” tarkibini kuchaytirish maqsadida “Chelsi”ning o‘ng qanot himoyachisi Malo Gyusto bo‘yicha ma’lumot so‘rab murojaat qildi.
Bu haqida TEAMtalk xabar bermoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, London klubi 23 yoshli futbolchiga jiddiy klublardan chorlov bo‘layotganiga qaramay, uni sotishni istamaydi. Klub rahbariyati yangi bosh murabbiy Xabi Alonso unga tayanishini hisobga olmoqda.
“Aristokratlar” fransiyalik himoyachi bilan uning taraqqiyotini inobatga olgan holda yaxshilangan shartlar asosida yangi kelishuv muhokamasiga tayyor.
O‘tgan mavsumda Gyusto barcha musobaqalarda 49 ta o‘yinda qatnashib, uchta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 35 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar