
Skaloni Messiga bo‘lgan tupurgan futbolchi haqida gapirdi
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Paragvay terma jamoasi futbolchisi Antonio Sanabriyaning Lionel Messiga tupurgani haqida gapirdi.
"Men bu lahzani ko‘rmadim. Faqat Messi to‘p so‘raganda raqib to‘pni tashlaganini ko‘rdim. Boshqa hech narsa ko‘rmadim. Bu haqda boshqa aytadigan gapim yo‘q", - deya Skalonining so‘zlarini keltiradi "Tyc Sports".
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv Argentina terma jamoasining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi. Yagona gol Otamendi tomonidan kiritildi.
Fikrlar