Sobiq jahon chempioni: "Biz super to‘qnashuv arafasidamiz!"

  • 15 iyul, 20:44
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Andre Uord 19 iyul kuni Londonda bo‘lib o‘tadigan ukrainalik Aleksandr Usik (20-0, 14 KO) va britaniyalik Daniel Dyubua (22-2, 21 KO) o‘rtasidagi bo‘lajak jang haqida gapirdi.

Tecno

"Biz super to‘qnashuv arafasidamiz. Natijalarga qarasak, Usik favorit. U ko‘p qirrali bokschi. Biroq Dyubua ham anoyilardan emas, u jismonan juda kuchli va ajoyib texnikaga ega. Danielning qanday qattiq zarba bera olishiga bir necha guvoh bo‘ldik. Birinchi bahsda Aleksandr katta ustunlik bilan g‘alaba qozongandir, biroq revansh unday o‘tadi, deb o‘ylamayman" - dedi Uord "Seconds Out" You Tube kanalida.

Eslatib o‘tamiz, Usik va Dyubua o‘rtasidagi dastlabki qarama-qarshilik 2023 yil 23 avgustda o‘tkazilgan va unda ukrainalik charm qo‘lqop ustasi hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra zafar quchgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!