Sobolev Shomurodovga etib oldi
Sobolev Shomurodov kabi gollari sonini 8 taga etkazib oldi.
Rossiya Premer-Ligasining 8-turida "Krilya-Sovetov" o‘z uyida "Tambov"ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alabaga erishdi.
Mezbonlar hujumchisi Aleksandr Sobolev uchrashuvning 73-daqiqasida penaltidan gol urdi va ikkinchi golda assistentlik vazifasini ham bajarib berdi.
Bu bilan, 22 yoshli hujumchi "Rostov" tarkibida harakat qilayotgan hamyurtimiz Eldor Shomurodovga etib oldi. Endi ikkala hujumchi hisobida 8 tadan gol bor.
Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkent vaqti bilan soat 18:30 da "Rostov" va "Dinamo M" o‘rtasidagi bellashuv boshlanadi. Shomurodov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlaydi va to‘purarlar ro‘yxatida yana yakka peshqadamga aylanib olish imkoniyati mavjud.

Izohlar (0)