
Sofiya Kenin navbatdagi sovrinini qo‘lga kiritdi
Amerikalik Sofiya Kenin va avstraliyalik Samanta Stosur Guanchjou shahrida o‘tayotgan musobaqaning final bosqichida o‘zaro kuch sinashdi.
Sofiya musobaqaning so‘nggi hal qiluvchi final o‘yinida Samanta raqibini uch setda 6:7, 6:4, 6:2 hisobida taslim qildi.
Mazkur g‘alaba S.Kenin uchun "Guangzhou Open" turnirining bosh sovrini va 280 reyting ochkosini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Sofiya tashkilotchilar tomonidan 111,164 AQSh dollari bilan taqdirlandi.
Fikrlar