"So‘g‘diyona" sobiq futbolchisini qaytardi

  • 11.01.2023 00:07
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“So‘g‘diyona” transferlar e’lon qilishda davom etadi. “Mash’al” klubidan taklif etilgan himoyachi Muhammad Yuldashev bilan bir yillik shartnoma imzolandi. Muxammad 1999 yil 17 fevralda tavallud topgan.

Futbolchi faoliyati davomida «So‘g‘diyona», «Andijon» hamda «Mash’al» jamoalarida to‘p surgan.

sugd

Muxammad Yuldashev 2019 yilgi mavsumda jamoamiz ishtirokidagi 3 ta o‘yinda maydonga tushib 224 daqiqa harakat qilgan edi.

Futbolchi o‘tgan mavsumda Mash’al tarkibida 25 uchrashuvda maydonga tushib jami 1750 daqiqa harakat qilgan.

“So‘g‘diyona” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!