"So‘ngi Imperator"ning niyati jiddiy. Uni boksda ko‘ramiz!?

  • 25 yanvar, 2024, 10:58
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
TIGGO 2 PRO

 Sobiq Pride og‘ir vazn toifasi chempioni Fedor Emelyanenko tanasi endi yuklamalarga kerakli darajada toqat qila olmasligi sababli aralash yakkakurashlarni tark etishga qaror qilganini aytdi.

Mashq qilyapman, formadaman. Biroq, men MMA ni tugatdim. Men allaqachon tanam MMA ga bardosh bera olmasligini his qilyapman. Men ishlay olaman, lekin avvalgidek emas. Boksda esa hammasi yaxshi – men mashq qila olaman, tayyorgarlik ko‘raman va barcha yuklamalarni ko‘tara olaman”, – dedi Emelyanenko.

Eslatib o‘tamiz, 47 yoshli Emelyanenko o‘tgan yilning fevral oyida Rayan Beyderga nokaut bilan mag‘lub bo‘lganidan keyin faoliyatini yakunlagan edi. Keyinchalik u afsonaviy Mayk Tayson bilan boks jangini o‘tkazish istagini bir necha bor ta’kidlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!