
Sonning oila a’zolari yosh futbolchilarga nisbatan qo‘pollik uchun jarimaga tortildi
"Tottenxem" va Janubiy Korea terma jamoasi futbolchisi Son Xin Minning oila a’zolari jarimaga tortildi.
Juma kuni Chxunchxon tuman sudi futbol murabbiyi va Sonning otasi Son Un Chjunni, uning ikkinchi o‘g‘li Son Xin Yun va yana bir murabbiyni o‘zining futbol mashg‘ulot markazida yosh futbolchilarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlikda ayblab, jarima to‘lashga majbur qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ayblanuvchilvr 3 mln von (2220 AQSh dollari) miqdorida jarima to‘lashgan. Shuningdek, ularning barchasiga bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha 40 soatlik profilaktik dasturdan o‘tish taklif qilindi.
Fikrlar