Spalletti: "Yuventus"ning eng katta raqibi — uning o‘zi"
Turinning "Yuventus" klubi bosh murabbiyi Luciano Spalletti jamoaning hozirgi muammolari haqida fikr bildirdi.
"Hammasi o‘zimizga bo‘lgan ishonchga borib taqaladi. Biz o‘z salohiyatimizga ishonishni qayta tikladik, ammo ishonch yo‘qolgan paytda muammolar boshlanadi. Men shunday noaniq uzatmalarni ko‘rdimki, bunday xatolarni futbolchilarim odatda umuman qilmaydi. Ular o‘zlarini g‘oy tuzoqqa tushib qolgandek his qilishmoqda.
Hozirgi asosiy raqibimiz — bu o‘zimiz. Agar psixologik va texnik jihatdan ayrim masalalarni hal qila olsak, imkoniyatlarimizni namoyon qilamiz. Ammo agar bizning darajamiz shu bo‘lsa, u holda mag‘lubiyatlar davom etadi va jiddiy natijalar uchun kurasha olmaymiz", — dedi murabbiy "DAZN" telekanaliga bergan intervyusida.
Fikrlar