
Sportchilarimizdan bir shingil (Sakkizinchi qism)
Ruknimiz davom etadi. Quvonarlisi, kam bo‘lsada o‘z muxlislarimizga ham ega bo‘libmiz. Oradagi biroz muddatni hazm qila olishmadi va tezroq yangi sonimizni taqdim etishga undashdi. Albatta bundan xursand bo‘ldik va ularning talablariga binoan rejadan biroz avval, navbatdagi sonini tayyorladik.
Demak, bu soni professional bokschilarimizga bag‘ishlandi.
Sherali Mamajonov - professional bokschi
Qambarjon uyiga 2 baho olib kelsa, dadasi nega 2 olding deb so‘roqqa tutibdi.
O‘g‘li dadasiga: o‘qituvchim mendan 2x3 necha bolishini so‘ragandi men 6 bo‘ladi dedim.
-Ho‘sh keyinchi?
-so‘ng 3x2 necha boladi deb so‘radi.
-O‘qituvching jinni-pinnimasmi?
-Men ham huddi shunday dedimda... ???? ????
**** **** **** ****
Bir kuni geografiya o‘qituvchisi globusni ko‘rsatib:
— Soliev, Afrika qani?, - desa
Soliev: — Men olmadim, ustoz, - debdi.
O‘qituvchi yana so‘rabdi: — Soliev, Afrikani menga topib ber!
Soliev: — Ustoz, rostini aytyapman, men olmadim.
Shunda o‘qituvchi: — Bor, dadangni chaqir! - debdi.
Dadasi kelgach: — O‘g‘lingizga Afrikani ko‘rsat, qani deb so‘rasam, men olmadim deydi. Bunga nima deysiz? - debdi.
Dadasi o‘g‘liga o‘girilib: — O‘g‘lim, olgan bo‘lsang, qaytib ber! – debdi.
Aqldan ozay degan ustoz ota-bolaning qo‘shnisini ko‘chada ko‘rib qolibdi-da, bo‘lgan voqeani gapirib bergan ekan.
Qo‘shnisi: — O‘zi bular shunaqa, olgan narsasini qaytarib berishmaydi, - dermish... :) :)
**** **** **** ****
Jaloliddin O‘ktamov – professional bokschi
Samoda uchayotdan samolyot to‘satdan qulay boshlabdi. Bortdagilarning hammasi parashyutlarda sakrab qolibdi. Faqatgina bitta styuardessa samolyot bilan birga kimsasiz orolga tushibdi. Qiz qo‘rquvdan hushidan ketibdi-yu, o‘ziga kelgach ko‘zlarini ochib qarasa, soch-soqollari o‘sgan bir kishi olovda go‘sht pishirib o‘tirganmush.⠀
— Siz kimsiz? Bu erga qanday kelib qoldingiz?, - debdi styuardessa.⠀
— Jinoyatchiman. O‘n besh yil oldin jinoyatlarim uchun shu erga tashlab ketishgan. Jazolashmoqchi edi, mazza qilib go‘shtxo‘rlik qilib yuribman, - debdi haligi odam.⠀
— Menga ham go‘shtdan bering.⠀
— Buni evaziga nima berasan?⠀
— Siz o‘n besh yildan buyon sog‘ingan narsani...⠀
Haligi kishi xursandchilikdan o‘rnidan sakrab turib, qizni quchoqlab olibdi-da:⠀
— Nahotki, nahotki bu erga NOS olib kelgan bo‘lsang, - dermish. ???? ????
**** **** **** ****
Bir ayol qo‘shnisiga dardini ayta boshlabdi:⠀
— Bir haftadan beri erimdan hojatxonani ta’mirlab berishini so‘rayman.⠀
— Xo‘sh, nima bo‘ldi?⠀
— Yakshanba kuni hojatxona eshigiga "Kirish man etiladi. Ta’mirlanmoqda" degan yozuvni ilib, o‘zi choyxonaga ketib qolibdi.
**** **** **** ****
Echki katta o‘rmonga nozir qilib tayinlanibdi. U tipratikanni “Tikanlaring jamoat joyida xavfli”, deb qamab qo‘yibdi. Qamoqxona kamerasiga kirsa, laylak o‘tirganmish.⠀
Tipratikan unga hasrat qilibdi:⠀
— Qara, tikanim uchun qamashdi. Bu tabiatdan shunaqa bo‘lsam, men nima qilishim kerak? ⠀
Laylak:⠀
— E, bu hech narsa emas! Meni har yili qishda qaysi daromad hisobiga janubga dam olgani uchib ketasan deb qamashadi... - dermish.
**** **** **** ****
Javohir Fozilov – professional bokschi
R xarfini bilmaydigan bola o‘rtog‘i bilan o‘ynayapti.
Dadasi: — O‘g‘lim qanaqa o‘yin o‘ynayapsan?
O‘g‘il: — Dada bosh xarfi l osmonda uchadi nima u?
Dadasi: —Laylakmi?
O‘g‘il: —Topolmadingiz, Laketa dermush... ???? ????
**** **** **** ****
- Chuchvara mantini yaxshi ko‘rib qolibdi. Manti esa somsaga turmushga chiqib ketibdi.
- Buni eshitgan chuchvara o‘zini lag‘monga osib qo‘yibdi. ???? ????
**** **** **** ****
Toshbaqa barga kirib oddiy suv quyib ber debdi. Barmen quyib beribdi. Ertasi kuni toshbaqa yana kelib, oddiy suv so‘rabdi. Yana quyib beribdi. Uchinchi kun yana suv olib ketibdi. To‘rtinchi kuni toshbaqa yana kelib, oddiy suv quy debdi.
Barmen: — Nima qilasan shuncha suvni desa,
Toshbaqa: — Tez-tez quy, uyim yonib ketyapti dermush... ???? ???? ????
**** **** **** ****
Jamshid Najmiddinov – bokschi, WBC Sharqiy Evropa hamda MDH davlatlari chempionlik kamari sohibi
Bir kuni quyon o‘rmonda ketayotsa, ayiq bir daraxt tagida aroq ichib o‘tirgan ekan. Quyon uning arog‘ini qanday olib qo‘yishni o‘ylabdida,
- Hoy ayiq qoch militsiya noziri kelayapti debdi. Ayiq tura solib qochib qolibdi. O‘rmonni yarmiga etgandan keyin esiga tushib,
- Ie axir o‘rmonni noziri menmanku, ex yaramas quyon deya ortiga qaytibdi.
Kelsa, quyon mast bo‘lib, arog‘ni ichib yotgan ekan. Ayiq uni shunaqangi tepibdiki, quyon osmon falakka uchib ketibdi.
- Shunda quyon voy dod ayiqni arog‘i rossa uchirar ekanku dermish... :) :) :)
Ahmadbek EShMATOV tayyorladi
Fikrlar