SPORTS.uz Belgrad-2021: Ertaga jahon chempionatida O‘zbekiston nomidan qaysi bokschilar ringga chiqishi ma’lum

  • 29 oktabr, 2021, 15:58
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda.

Tecno

Ertaga, 30 oktyabr kuni to‘rt nafar hamyurtimiz ishtirokidagi bellashuvlarning shohidiga aylanamiz. Dastlab, Nodirjon Mirzahmedov (-48 kg) irlandiyalik Rikkey Nesbittga qarshi Toshkent vaqti bilan taxminan 16:15dan boshlab jang o‘tkazadi.

Odiljon Aslonov (-80 kg) italiyalik Simone Fioriga to‘qnash keladi. Jang 19:15da boshlanadi.

Mujibullo Tursunov (-63,5 kg) 22:00da yaponiyalik Taiga Imanaga to‘qnash keladi. 

Saidjamshid Jafarov (-75 kg) ham yaponiyalik Yuito Morivaki bilan 23:45da ringga chiqadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!