
SPORTS.UZ muxbiri Valeriy Karpinning e’tiborini O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi final o‘yiniga qaratdi
Avval xabar berganimizdek, rossiyalik taniqli mutaxassis, Rossiya terma jamoasi hamda “Rostov” klubi bosh murabbiyi Valeriy Karpindan Sports.uz muxbiri Shuhratbek Jo‘raev eksklyuziv intervyu oldi.
Ma’lumki, hozirda barchamizning diqqat e’tiborimiz 19 iyun kuni U-23 Osiyo Kubogi finaliga qaratilgan. O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi o‘ta muhim uchrashuvda maydonga tushadi.
Shu boisdan Valeriy Georgievichning e’tiborini bo‘lajak uchrashuvga qaratdik.
- Agar xabaringiz bo‘lsa, yurtimizda U-23 Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Sizda ushbu musobaqani kuzatish imkoniyati bo‘ldimi?
- Shaxsan o‘zim musobaqani kuzatmayapman. Lekin bizning klubda sport bo‘limi va skaut xodimlari kuzatib borishadi. Ya’ni, klubimizning selektsiya va skautlar bo‘limida ishlayotganlar mana shunday musobaqalarni diqqat bilan ko‘rishadi.
- 19 iyun kuni O‘zbekiston U-23 terma jamoasi finalda Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi. Skautlaringizga o‘zbek terma jamoasi tarkibida iqtidorli futbolchilar to‘p surishini va ularni kuzatishlari kerakligini aytib qo‘ying...
- Albatta, final o‘yinini bizning skautlarimiz diqqat bilan kuzatishadi. Bundan aslo tashvish chekmang.
Tez orada Karpin bilan bo‘lib o‘tgan suhbatni Sports.uz saytida o‘qiysiz!
Fikrlar