SPORTS.uz saytida yangi loyiha: Internet jurnalistikamizda qo‘l urilmagan mavzu!
SPORTS.uz saytida yangi loyiha! Saytimizning doimiy kuzatuvchilariga yaxshi ma’lumki, taniqli sharhlovchilar Mirzahakim To‘xtamirzaev va Davron Fayziev SPORTS.uz`da o‘z dasturlariga ega. Endi ular qatoriga ayni paytda Qatarda faoliyat yuritayotgan hamyurtimiz, ko‘pchilik yaxshi taniydigan mutaxassis Alisher Nikimbaev bilan ham hamkorlikni yo‘lga qo‘ydik.

Mirzahakim To‘xtamirzaev muhim voqeliklarga o‘z munosabatini bildirsa, Davron Fayziev “SPORTS.uz haftasi” ko‘rsatuvida o‘zbek va jahon sportiga oid fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashadilar. Alisher Nikimbaev bilan esa O‘zbekiston internet jurnalistikasida qo‘l urilmagan mavzu, ya’ni Superligada turning markaziy o‘yini tahlil qilinadi.
O‘ylaymizki, ushbu loyiha ham davomiy bo‘lib o‘z muxlislarini topadi!!!
Birozdan so‘ng ushbu loyihaning ilk soni sizlarga havola etiladi. Unda "Surxon" - "Nasaf" uchrashuvi tahlil qilinadi. SPORTS.uz saytidan uzoqlashmang!
Fikrlar