Stiv Jonson bosh sovringa davogarlik qilmoqda

Amerikalik Stiv Jonson va avstraliyalik Jon Millman Uinston-Seylem shahrida o‘tayotgan turnirning chorak finalida o‘zaro kuch sinashdi.

Mazkur uchrashuvda Stif raqibini 4:6, 7:6, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, final yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.

Shu tariqa "Winston-Salem Open" musobaqasining yarim finalida S.Jonson endi frantsiyalik Benua Perga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!